Ma’muriy va moliya huquqi sho‘basi
Shior: Jamiyat osoyishtaligi — qonunlarning bosh maqsadidir.
Maqsad
Ma’muriy va moliya huquqi sho‘basining asosiy maqsadi — ushbu sohada yetuk olimlar faoliyat yuritadigan, xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlaydigan nufuzli ilmiy-ta’lim maktablaridan biriga aylanishdir.
Sho‘ba ma’muriy va moliya huquqi hamda ular bilan bevosita bog‘liq fanlar bo‘yicha xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy o‘quv materiallarini yaratish, ularni ta’lim jarayoniga joriy etish va shu asosda yuqori sifatli ta’lim berishni ustuvor vazifa sifatida belgilagan.
Sho‘ba jamoasi mamlakatimizda va xalqaro miqyosda ma’muriy hamda moliyaviy-huquqiy jarayonlarni chuqur o‘rganish, davlat boshqaruvi va moliya tizimidagi islohotlarni tahlil qilish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, shuningdek, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib boradi.
Ayni paytda sho‘ba O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Konstitutsiyaviy sud, Markaziy saylov komissiyasi, Adliya vazirligi, moliya va soliq organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda respublikadagi oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Vazifalar
Sho‘baning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
O‘qitiladigan fanlar
Sho‘ba tomonidan bakalavriat va magistratura bosqichlarida ma’muriy va moliya huquqi yo‘nalishlariga oid fanlar o‘qitiladi.
Bakalavriat bosqichida:
Magistratura bosqichida:
Ilmiy-tadqiqot faoliyati
Sho‘ba professor-o‘qituvchilari va mustaqil tadqiqotchilari tomonidan ma’muriy huquq, moliya va soliq huquqi yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi.
2020-yildan buyon sho‘ba tomonidan:
Shuningdek, sho‘ba tomonidan 5 ta xalqaro va 5 ta respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya hamda davra suhbatlari tashkil etilgan.
Sho‘ba xalqaro hamkorlik doirasida Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education va Academic Ranking of World Universities kabi nufuzli xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda turli ilmiy va o‘quv tadbirlarini amalga oshirib kelmoqda.
Hamkorlik va loyihalar
Ma’muriy va moliya huquqi sho‘basi ta’lim, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda qonunchilikni takomillashtirish yo‘nalishlarida davlat organlari va oliy ta’lim muassasalari bilan faol hamkorlik qiladi.
Hamkor tashkilotlar qatoriga quyidagilar kiradi:
Sho‘ba professor-o‘qituvchilari ma’muriy va moliya huquqi sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, takomillashtirish hamda amaliyotga joriy etish jarayonlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
Shuningdek, sho‘ba mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy hamda o‘quv-uslubiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirib bormoqda.
Ta’lim jarayonining amaliy yo‘nalishini kuchaytirish maqsadida davlat organlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining tajribali mutaxassislari ham o‘quv mashg‘ulotlariga o‘rindoshlik asosida jalb etiladi.
Professor-o‘qituvchilar tarkibi
Sho‘ba professor-o‘qituvchilari muntazam ravishda kasbiy va ilmiy salohiyatini oshirib, xorijiy hamkasblari bilan tajriba almashib boradi.
Bugungi kunda sho‘bada:
Bundan tashqari, ichki va tashqi o‘rindoshlik asosida malakali professor-o‘qituvchilar hamda amaliyotchi mutaxassislar o‘quv mashg‘ulotlariga jalb etilgan.
Shuningdek, 20 nafar mustaqil izlanuvchi va 3 nafar doktorant ilmiy-tadqiqot hamda o‘quv-uslubiy jarayonlarda ishtirok etmoqda.