Davlat boshqaruvi sohasida yetakchi olimlar faoliyat yuritadigan va xalqaro miqyosda raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlaydigan nufuzli ilmiy-ta’lim maktablaridan biriga aylanish, shuningdek, davlat boshqaruvi va unga aloqador fanlar bo‘yicha xalqaro standartlarga javob beradigan o‘quv materiallarini yaratish hamda ta’lim jarayoniga joriy etish.
Sho‘baning asosiy maqsadlaridan yana biri mamlakatimizda va jahonda davlat boshqaruvi bilan bog‘liq jarayonlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarini chuqur o‘rganish, xalqaro tajribani tahlil qilish, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tadqiq etish va ishlab chiqishda ishtirok etishdan iborat.
Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar va rivojlanish agentligi, vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda respublika oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik amalga oshirilmoqda.
· Davlat boshqaruvi sohasida rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish;
· talabalarda o‘rganilayotgan fanlar bo‘yicha qiyosiy, tahliliy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
· talabalarning iqtisodiy, siyosiy va huquqiy bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish;
· talabalarning mustaqil ta’lim olishi, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
· davlat boshqaruvi sohasida yetakchi olimlar faoliyat yuritadigan hamda xalqaro miqyosda malakali mutaxassislar tayyorlaydigan nufuzli xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Sho‘ba tomonidan jami 32 ta fan o‘qitiladi. Shundan 22 tasi bakalavriat, 10 tasi magistratura ta’lim yo‘nalishlariga mo‘ljallangan.
Bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlari doirasida o‘qitiladigan fanlar:
1. Iqtisodiyotni boshqarish
2. Davlat boshqaruvi
3. Siyosatshunoslik va fuqarolik jamiyati institutlari
4. Raqamli iqtisodiyot
5. Davlat boshqaruvida qarorlar qabul qilish
6. Davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurash
7. Davlat fuqarolik xizmati
8. Korporativ boshqaruv
9. Zamonaviy siyosiy institutlar va jarayonlar
10. Tashqi iqtisodiy faoliyatda davlat boshqaruvi
11. Xalqaro va Yevropa xavfsizligi (qo‘shma ta’lim dasturi)
12. Korporativ boshqaruv
13. Huquqiy loyiha boshqaruvi
14. Davlat boshqaruvida zamonaviy menejment
15. Loyihaviy moliyalashtirish
16. Millatlararo va davlat-konfessiya munosabatlari sohasidagi menejment
17. Xavfni baholash va boshqarish
18. Tizimli tahlil
19. Davlat boshqaruvidagi hamkorlik
20. Budjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish
21. Davlat xizmati
22. Geosiyosat
23. Yuristlar uchun strategik qarorlar qabul qilish
24. Diplomatik protokol
25. Konfliktlarni boshqarish
26. Siyosiy va huquqiy tahlil asoslari
27. Xalqaro xavfsizlik va xalqaro munosabatlar
28. Siyosiy-huquqiy tadqiqot usullari va texnologiyalari
29. Barqaror rivojlanish: nazariya va amaliyot
30. Huquqning iqtisodiy tahlili
31. Xodimlarni boshqarish
32. Korporativ boshqaruv
2025-yil davomida sho‘ba professor-o‘qituvchilari tomonidan:
· OAK ro‘yxatidagi ilmiy jurnallarda 10 ta maqola;
· xalqaro ilmiy jurnallarda 6 ta maqola;
· Scopus ma’lumotlar bazasiga kiritilgan ilmiy jurnallarda 3 ta maqola;
· 2 ta darslik;
· 3 ta o‘quv qo‘llanma;
· 3 ta monografiya nashr etilgan.
Shuningdek, 1 ta xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya hamda davra suhbati tashkil etilgan.
Sho‘ba xalqaro hamkorlik doirasida QS World University Rankings, Times Higher Education va Academic Ranking of World Universities (ARWU) kabi nufuzli xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda turli ilmiy va akademik tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Sho‘ba ta’lim, ilmiy tadqiqotlar hamda qonunchilikni takomillashtirish yo‘nalishlarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati, Vazirlar Mahkamasi, Strategik islohotlar va rivojlanish agentligi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Sho‘ba professor-o‘qituvchilari Prezident farmonlari va qarorlari, shuningdek, davlat dasturlari ijrosiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
Shuningdek, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining tegishli sho‘balari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.
Sho‘bada “Yosh iqtisodchilar” va “Siyosiy tahlilchi” nomli ilmiy to‘garaklar faoliyat yuritadi. Ularga 100 nafardan ortiq iqtidorli talaba jalb etilgan. To‘garak a’zolari davlat boshqaruvining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Sho‘ba professor-o‘qituvchilari kasbiy va ilmiy salohiyatini muntazam oshirib boradi, xorijiy hamkasblari bilan tajriba almashadi hamda xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirishda faol ishtirok etadi.
Ayni paytda sho‘bada quyidagi tarkibda professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda:
· 2 nafar professor v.b.;
· 1 nafar dotsent;
· 3 nafar dotsent v.b.;
· 1 nafar katta o‘qituvchi;
· 1 nafar o‘qituvchi.
Bundan tashqari, ichki va tashqi o‘rindoshlik asosida malakali professor-o‘qituvchilar hamda amaliyotchi mutaxassislar o‘quv mashg‘ulotlariga jalb etiladi.
Sho‘baning asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilaridan 6 nafari ilmiy darajaga ega, jumladan, 1 nafari fan doktori (DSc), 5 nafari falsafa doktori (PhD). 2 nafar xodim ilmiy darajaga ega emas.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar va rivojlanish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov sho‘bada o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritadi.