Shior: “Qonun ustuvorligi — adolat kafolati”
Jinoyat-protsessual huquqi sho‘basi universitetning bakalavriat va magistratura bosqichlarida jinoyat protsessi sohasiga oid o‘quv va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi yetakchi tarkibiy bo‘linmalaridan biridir.
Bakalavriat bosqichida quyidagi to‘rtta fan o‘qitiladi:
· “Jinoiy odil sudlov asoslari”;
· “Jinoyat-protsessual huquqi”;
· “Jinoyat protsessida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha klinik seminarlar”;
· “Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash”.
Magistratura bosqichida esa quyidagi uchta fan bo‘yicha ta’lim beriladi:
· “Jinoyat protsessida advokat ishtiroki”;
· “Jinoyat protsessida sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqish”;
· “Dalillar nazariyasi”.
Sho‘baning asosiy maqsadi O‘zbekiston va jahonda jinoyat protsessiga oid dolzarb jarayonlarni o‘rganish, ilg‘or xalqaro tajribani tahlil qilish, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tadqiq etish hamda ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi hamda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bilan hamkorlikda “Amaliyot kafedralari” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Sho‘baning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
· nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, kasbiy faoliyatga tayyor, malakali bakalavr va magistrlarni tayyorlash;
· yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni jalb etish orqali ta’lim jarayoni sifatini oshirish;
· o‘quv jarayonining uslubiy ta’minotini ishlab chiqish va takomillashtirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalari hamda interfaol o‘qitish usullarini joriy etish;
· ish beruvchilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish, ekspert va mutaxassislar ishtirokida mahorat darslarini tashkil etish;
· qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari, prokuratura, ichki ishlar organlari, advokatura hamda boshqa yuridik ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
· talabalarda protsessual huquq normalarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish;
· mustaqil ta’lim olish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash uchun talabalarga zarur shart-sharoitlar yaratish;
· professor-o‘qituvchilar va talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish.
Sho‘ba tomonidan bakalavriat va magistratura bosqichlarida jami 7 ta fan o‘qitiladi.
Bakalavriat bosqichi:
1. Jinoiy odil sudlov asoslari;
2. Jinoyat-protsessual huquqi;
3. Jinoyat protsessida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha klinik seminarlar;
4. Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash.
Magistratura bosqichi:
1. Jinoyat protsessida sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqish;
2. Jinoyat protsessida advokat ishtiroki;
3. Dalillar nazariyasi.
Tanlov fanlari:
· Jinoyat protsessida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha klinik seminarlar;
· Jinoyat protsessida sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqish.
Sho‘ba professor-o‘qituvchilari va mustaqil tadqiqotchilari tomonidan 12.00.09 — Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi ixtisosligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi.
2025/2026-o‘quv yilida sho‘ba tomonidan quyidagi ilmiy natijalarga erishildi:
· OAK ro‘yxatidagi ilmiy jurnallarda 39 ta maqola chop etildi;
· xalqaro ilmiy jurnallarda 30 ta maqola e’lon qilindi;
· Scopus bazasiga kiritilgan ilmiy jurnallarda 9 ta maqola chop etildi;
· 5 ta darslik, 18 ta monografiya va 16 ta o‘quv qo‘llanma nashr etildi;
· 31 ta xalqaro ilmiy anjuman va konferensiyada ishtirok etildi.
Shuningdek, sho‘ba tomonidan 3 ta xalqaro va 5 ta respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya hamda davra suhbatlari tashkil etildi.
Xalqaro hamkorlik doirasida sho‘ba Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education va Academic Ranking of World Universities kabi nufuzli xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy va akademik aloqalarni rivojlantirib kelmoqda.
Jumladan, Wilfrid Laurier universiteti huquq fanlari nomzodi Nikolay Kovalev hamda Belarus Respublikasining Grodno universiteti dotsenti Vladimir Sorkin masofaviy shaklda mashg‘ulotlar olib boradi. Shuningdek, Lund universiteti bilan hamkorlikda turli ilmiy va akademik tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Sho‘ba o‘quv, ilmiy-tadqiqot va qonunchilikni takomillashtirish yo‘nalishlarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati, Vazirlar Mahkamasi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Shuningdek, mamlakatimizdagi va xorijdagi qator oliy ta’lim hamda ilmiy muassasalar bilan hamkorlik amalga oshirilmoqda. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
· Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;
· O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi;
· O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti;
· O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi;
· Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti;
· Shvetsiya Qirolligining Lund universiteti;
· M. O. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti;
· Wilfrid Laurier universiteti;
· Belfast Qirolicha universiteti;
· Belarus Respublikasining Grodno universiteti;
· Qozog‘iston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish organlari akademiyasi.
Mazkur hamkorlik doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv, seminarlar, konferensiyalar va boshqa ilmiy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi.
Sho‘bada “Procedure” va “Researchers Club” nomli ilmiy to‘garaklar faoliyat yuritadi.
Shuningdek, jinoyat-protsessual huquqi yo‘nalishida quyidagi professorlarning ilmiy maktablari tashkil etilgan:
· professor, yuridik fanlar doktori Dilbar Suyunova;
· professor, yuridik fanlar doktori Gulchexra To‘laganova;
· professor, yuridik fanlar doktori Dildora Bazarova;
· yuridik fanlar doktori Mohigul Kadirova.
Mazkur ilmiy maktablar va to‘garaklar faoliyatiga 500 nafardan ortiq iqtidorli talabalar jalb etilgan. Ular jinoyat-protsessual huquqining dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib boradi.
Bugungi kunda sho‘bada 20 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ularning tarkibi quyidagicha:
· 3 nafar professor;
· 2 nafar professor vazifasini bajaruvchi;
· 1 nafar dotsent;
· 5 nafar dotsent vazifasini bajaruvchi;
· 3 nafar katta o‘qituvchi;
· 4 nafar o‘qituvchi.
Sho‘baning asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilaridan 18 nafari ilmiy darajaga ega, 4 nafari esa ilmiy darajaga ega emas.
Bundan tashqari, 48 nafar mustaqil izlanuvchi va 4 nafar doktorant sho‘baning ilmiy-tadqiqot hamda o‘quv-uslubiy faoliyatida ishtirok etmoqda.
Sho‘ba professor-o‘qituvchilari kasbiy va ilmiy salohiyatini muntazam oshirib borish, xorijiy hamkasblar bilan tajriba almashish hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni ta’lim jarayoniga joriy etishga alohida e’tibor qaratadi.