--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Konstitutsiyaviy huquq sho‘basi

Shior

“Xalq farovonligi — oliy qonun” (Salus populi suprema lex). — Sitseron.

Maqsad va vazifalar

Konstitutsiyaviy huquq sho‘basining asosiy maqsadi konstitutsiyaviy huquq sohasida yetakchi ilmiy va ta’lim maktablaridan birini shakllantirish, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan, zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

Sho‘ba faoliyati doirasida konstitutsiyaviy huquq bo‘yicha xalqaro standartlarga mos o‘quv-uslubiy materiallarni ishlab chiqish, O‘zbekistonda va jahonda konstitutsiyaviy rivojlanish jarayonlarini, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini o‘rganish, xalqaro tajribani tahlil qilish, normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Sho‘baning asosiy vazifalari:

·         konstitutsiyaviy huquq sohasida rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish;

·         talabalarda o‘rganilayotgan fanlar bo‘yicha qiyosiy, tahliliy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;

·         konstitutsiyaviy huquq normalarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish;

·         mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash;

·         konstitutsiyaviy huquq sohasida yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

O‘qitiladigan fanlar

Sho‘ba tomonidan jami 11 ta fan o‘qitiladi. Shundan 8 tasi bakalavriat, 3 tasi magistratura ta’lim yo‘nalishlariga mo‘ljallangan.

Bakalavriat bosqichida:

·         Konstitutsiyaviy huquq;

·         Parlament huquqi;

·         Qiyosiy konstitutsiyaviy huquq;

·         Konstitutsiyaviy odil sudlov;

·         Mahalliy hokimiyat huquqi.

Tanlov fanlari:

·         Saylov huquqi;

·         O‘zini o‘zi boshqarish huquqi;

·         Nodavlat notijorat tashkilotlari huquqi.

Magistratura bosqichida:

·         Konstitutsiyaviy huquqning ilmiy-amaliy muammolari;

·         Konstitutsiyaviy nazorat va konstitutsiyaviy odil sudlov.

Tanlov fani:

·         Ommaviy axborot vositalari huquqi.

Mazkur fanlar doirasida ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari olib boriladi.

Ilmiy faoliyat

2020-yilda sho‘ba tomonidan OAK ro‘yxatidagi ilmiy jurnallarda 37 ta maqola, shu jumladan, xalqaro jurnallarda 10 ta maqola hamda Scopus bazasiga kiritilgan ilmiy jurnallarda 9 ta maqola chop etilgan. Shuningdek, 3 ta darslik va 5 ta monografiya nashr etilgan.

Sho‘ba tomonidan quyidagi ilmiy tadbirlar tashkil etilgan:

·         3 ta xalqaro ilmiy konferensiya;

·         5 ta respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya va davra suhbati.

Sho‘ba professor-o‘qituvchilari va mustaqil tadqiqotchilari tomonidan 12.00.02 — «Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi» ixtisosligi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.

Xalqaro hamkorlik

Sho‘ba xalqaro hamkorlik doirasida Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education va Academic Ranking of World Universities kabi nufuzli xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirib kelmoqda.

Jumladan, Buyuk Britaniyaning Lester universiteti professori Pablo Kortes hamda Garvard universiteti tadqiqotchisi, professor Ignasio Xernandes sho‘ba talabalari uchun masofaviy shaklda mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Shuningdek, Nagoya universiteti bilan hamkorlikda turli ilmiy va ta’lim tadbirlari tashkil etib kelinmoqda. Osaka universiteti assistent-professori, PhD F. Umirov 2021-yildan buyon talabalar uchun «Konstitutsiyaviy odil sudlov» fanidan mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Dasturlar va loyihalar

Sho‘ba o‘quv, ilmiy hamda qonunchilikni takomillashtirish yo‘nalishlarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sud, Markaziy saylov komissiyasi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlik qiladi.

Sho‘ba professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi Qonuni va Saylov kodeksini ishlab chiqishda faol ishtirok etgan.

Shuningdek, mamlakatimizdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

Ilmiy maktablar va talabalar faoliyati

Sho‘bada “Public Law Club” va “Yosh tadqiqotchi” nomli ilmiy to‘garaklar faoliyat yuritadi, shuningdek, konstitutsiyaviy huquq yo‘nalishida professor, yuridik fanlar doktori Rahim Xakimov hamda professor Eshmuhammad Qodirovning ilmiy maktablari faoliyat yuritadi. Ularga 300 nafardan ortiq iqtidorli talaba jalb etilgan bo‘lib, ular konstitutsiyaviy huquq va davlat boshqaruvining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

Professor-o‘qituvchilar tarkibi

Sho‘ba professor-o‘qituvchilari o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib boradi, xorijiy hamkasblari bilan tajriba almashadi hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etadi.

Bugungi kunda sho‘bada 3 nafar professor, 3 nafar dotsent, 2 nafar katta o‘qituvchi va 6 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, ichki va tashqi o‘rindoshlik asosida malakali professor-o‘qituvchilar hamda amaliyotchi mutaxassislar o‘quv mashg‘ulotlariga jalb etilgan.

Shuningdek, 6 nafar mustaqil izlanuvchi va 3 nafar doktorant ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib bormoqda.

 

 

Qabul bo'yicha murojaat boti