--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Davlat va huquq nazariyasi sho‘basi

Shior: “Davlat va huquq nazariyasi va tarixi — huquqshunoslik fanining asosi!”

Maqsad

Sho‘baning asosiy maqsadi O‘zbekistonda demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlatni shakllantirishga munosib hissa qo‘sha oladigan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega yuqori malakali huquqshunos kadrlarni tayyorlashdan iborat.

Asosiy vazifalar

Sho‘baning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

·         tizimli tahlil qilish qobiliyatiga ega, zamonaviy fikrlaydigan va mustaqil qaror qabul qila oladigan mutaxassislarni tayyorlash;

·         yangi avlod darsliklari, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa o‘quv materiallarini ishlab chiqish;

·         davlat va huquq sohasida fundamental ilmiy tadqiqotlar olib borish;

·         talaba-yoshlarning dunyoqarashi, huquqiy ongi va vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirishga qaratilgan ma’rifiy va madaniy tadbirlarni tashkil etish;

·         davlat va huquq nazariyasi hamda tarixi yo‘nalishlarida xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish.

O‘qitiladigan fanlar

Sho‘ba bakalavriat va magistratura bosqichlarida jami 8 ta o‘quv modulini o‘qitadi.

Bakalavriat bosqichi:

·         Davlat va huquq nazariyasi;

·         Davlat va huquq tarixi;

·         Yuridik texnika;

·         Siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixi;

·         Qiyosiy huquqshunoslik.

Magistratura bosqichi:

·         Norma ijodkorligi;

·         Davlat va huquq rivojining zamonaviy tendensiyalari;

·         Huquqshunoslikka kirish.

Ilmiy faoliyat va erishilgan natijalar

Hozirgi kunda sho‘bada quyidagi mavzularda davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda:

·         “Raqamlashtirish sharoitida huquq rivojining zamonaviy tendensiyalari”;

·         “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishda ilg‘or texnologiyalarning tutgan o‘rni”.

2023–2026-yillar davomida sho‘ba tomonidan quyidagi ilmiy natijalarga erishilgan:

·         15 ta monografiya;

·         100 ga yaqin ilmiy maqola;

·         Scopus bazasida indekslangan jurnallarda 20 ta maqola;

·         7 ta xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya hamda davra suhbati tashkil etilgan.

Sho‘bada yuridik fanlar doktori, professor Axmedshaeva Mavlyuda Axatovna hamda yuridik fanlar doktori, professor Muxitdinova Firyuza Abdurashidovnaning ilmiy maktablari faoliyat yuritadi.

Dasturlar va loyihalar

Sho‘ba davlat va huquq nazariyasi hamda tarixi, huquq rivojining zamonaviy tendensiyalari va norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib boradi.

Ilmiy izlanishlar doirasida raqamlashtirish sharoitida huquqiy tizimning rivojlanish xususiyatlari, norma ijodkorligi jarayonida ilg‘or texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari va ularning huquqiy samaradorlikka ta’siri o‘rganiladi.

Professor-o‘qituvchilar tarkibi

Bugungi kunda sho‘bada 20 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ularning tarkibi quyidagicha:

·         8 nafar professor;

·         3 nafar dotsent;

·         6 nafar katta o‘qituvchi;

·         3 nafar o‘qituvchi.

Professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar uyg‘unligini ta’minlash maqsadida soha mutaxassislari ishtirokida muntazam ravishda mahorat darslari tashkil etiladi.

Sho‘ba professor-o‘qituvchilari tomonidan 11 ta darslik, 10 ta monografiya va 12 ta o‘quv qo‘llanma nashr etilgan.

Shuningdek, sho‘bada 5 nafar tayanch doktorant va 19 nafar mustaqil izlanuvchi ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

 

 

Qabul bo'yicha murojaat boti