Yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish hamda yuridik fanlar nomzodi, dotsent, mamlakatimizdagi birinchi Mehnat kodeksining mualliflaridan biri Anvar Inoyatov xotirasiga bag‘ishlab tashkil etilayotgan anjuman 2-iyunda bo‘lib o‘tadi.
Mazkur konferensiyada milliy va xorijiy olimlarning mehnat huquqini rivojlantirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalari tinglanadi. Shu bilan birga, mehnat huquqini rivojlantirish hamda mehnat qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan tavsiya va takliflar ishlab chiqiladi.
Xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya ishtirokchilarining ma’ruzalari, ilmiy jamoatchilik tomonidan taqdim etilgan maqola va tezislar to‘plam shaklida nashr etiladi.
Maqola va tezislar to‘plamiga ishtirokchilarning ilmiy maqola va tezislari 30-mayga qadar nadir.3341426@gmail.com elektron pochta manzili orqali elektron shaklda qabul qilinadi.
Xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyada huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, amaliyotchilar, advokatlar, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, iqtidorli talabalar mehnat huquqi sohasi bo‘yicha maqola va tezislarni topshirishlari mumkin.
Xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya ishtirokchilariga eslatma:
Batafsil ma’lumot uchun Nodir Yusupov (+99899 837-98-17)ga murojaat qiling.
Xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya materiallari to‘plamiga taqdim etiladigan maqola va tezislarga qo‘yiladigan talablar:
Maqola va tezislar konferensiya yo‘nalishiga oid dolzarb mavzuda, ilmiy va tugallangan fikrlarga asoslangan, taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi;
Maqola va tezislar matnlari A4 shaklda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega bo‘lishi;
Maqola va tezislar matni Word matn muharririda, Times New Roman shrifti, 14 kegel, satrlar oralig‘i 1,15 intervalda bo‘lishi;
Manba va adabiyotlarga havolalar asosiy matn ichida ko‘rinishida bo‘lishi;
Taqdim etilayotgan maqolalar hajmi 3-7 betgacha bo‘lishi;
Bitta maqola yoki tezisning mualliflari soni 2 tadan oshmasligi;
Maqola va tezislarning sarlavha qismining birinchi qatorida uning nomi, ikkinchi qatorida muallifning familiyasi, ismi, sharifi, muallifning ish joyi va lavozimi, uchinchi qatorda elektron pochtasi va telefon raqami ko‘rsatilishi, keyingi qatordan bir qator tashlab annotatsiyava kalit so‘zlarkeltirilishi lozim.
Eslatma: Maqolalar belgilangan tartibda taqdim etilmasa, konferensiya to‘plami materiallariga qo‘shilmaydi.
Anjumanda quyidagi ZOOM-link orqali ishtirok etish mumkin: https://us06web.zoom.us/j/82861494425?pwd=SnJuWXlab3YwVXVBYm41WTZWTVFKZz09
Kod: 957198