Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b. Islambek Rustambekov AQSHning Pensilvaniya shtati universitetiga tashrifi doirasida mazkur universitetning yuridik fakulteti magistraturasini tamomlayotgan 23 nafar oʻzbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi. Ushbu magistrantlarning 20 nafari Toshkent davlat yuridik universiteti bitiruvchilaridir.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida I.Rustambekov talabalarga Oʻzbekistonda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar va 30-aprelda referendum orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiya, shuningdek, mamlakatimizda nufuzli xorijiy universitetlarning bitiruvchilari uchun yaratilgan sharoitlar toʻgʻrisida ma’lumot berdi. Muloqot davomida ko‘plab talabalar Oʻzbekistonga qaytib, ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyat shug‘ullanish, shuningdek, davlat organlarida ishlash niyati borligini ma’lum qildi.
Uchrashuvdan so‘ng I.Rustambekov o‘zbekistonlik talabalar hamrohligida Pensilvaniya shtati universiteti kampusi, universitetdagi taʼlim jarayoni, bu yerda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.