Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasiga akademik, yozuvchi va shoir G‘afur G‘ulom hayoti va ijodini o‘rganish, uni talabalar, aholi, ayniqsa, yoshlar orasida keng targ‘ib qilish vazifasi yuklatilgan.
Bugungi kunda universitet jamoasi tomonidan adib tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlab turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida o‘tkazildi.
Adabiyotshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etgan tadbirda adib hayoti va ijodini keng targ‘ib qilishda faol ishtirok etgan univesitet professor-o‘qituvchilari va talabalariga Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan ta’sis etilgan G‘afur G‘ulom ko‘krak nishoni va maxsus stipendiyalari tantanali tarzda topshirildi.
Quyida ko‘krak nishoni va maxsus stipendiyalar egalari bilan tanishishingiz mumkin:
G‘afur G‘ulom nomidagi ko‘krak nishoni sohiblari:
— Sardor Yusupov, “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi mudiri;
— Bekzod Narimanov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i;
— Xaytgul Pirmedova, Axborot-resurs markazi direktori;
— Salomat Niyozova, “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi professori;
— Durdona Rasulmuxamedova, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti;
— Manzura Shamsitdinova, “Xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti;
— Mahbuba Jo‘raboyeva, “Xususiy huquq” fakulteti 2-bosqich talabasi;
— Asila Mashrabjonova, “Jinoiy odil sudlov” fakulteti 2-bosqich talabasi;
— Zilola Ochilova, “Ommaviy huquq” fakulteti 4-bosqich talabasi;
— Farangiz Baxtiyorova, “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti 2-bosqich talabasi.
G‘afur G‘ulom nomidagi maxsus stipendiya sohiblari
— Laylo Baxromova, “Ommaviy huquq” fakulteti 2-bosqich talabasi;
— Farzona Kayumova, “Jinoiy odil sudlov fakulteti 3-bosqich talabasi;
— Dilorom Sulhiddinova, “Xususiy huquq” fakulteti 2-bosqich talabasi;
— Aminaxon To‘xtayeva, “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti 3-bosqich talabasi.