Mazkur dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan GPA kamida 80% bo‘lishi va ingliz tilini bilishi (B2 darajasidan kam bo‘lmasligi) talab etiladi.
Xorijiy universitetda akademik mobillik dasturi doirasida o‘qishni istagan talabgorlar 10-noyabrga qadar quyidagi hujjatlarni dekanatlarga taqdim etishi kerak:
1. Akademik transkript nusxasi;
2. Xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;
3. Tilni bilish sertifikati;
4. Faollik to‘g‘risidagi boshqa sertifikatlar (ixtiyoriy);
5. Bog‘lanish uchun ma’lumotlar.
Loyiha 2025/2026-o‘quv yilining 2-semestrini hamkor xorijiy universitetda to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.
Load More Post...