Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash Yangi O‘zbekistondagi islohotlarning muhim shartidir” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi

Ombudsmanning Toshkent davlat yuridik universitetidagi vakili tashabbusi bilan tashkil etilayotgan anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha Vakili, Oliy sud, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi vakillari, Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, Ichki ishlar akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent xalqaro universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ishtirok etadi.

Konferensiya 13-noyabr 11:30 da TDYU 3-bino 221-xonada boshlanadi.

Shuningdek, unda quyidagi ZOOM-link orqali ishtirok etish mumkin: https://us05web.zoom.us/j/87077433114?pwd=hyCbs6bnbYag2cKo4vTqjwue0xkvkd.1