Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

O‘tkir Amirovning 85 yillik yubileyiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etiladi

Toshkent davlat yuridik universitetida “Ustozning qimmati, menimcha, shulkim — uzoqmi-yaqinmi unga talpinsang” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilmoqda.

TDYU “Magistratura va sirtqi ta’lim” fakulteti “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan tadbir doirasida tarix fanlari nomzodi, dotsent O‘tkir Amirovning 85 yillik yubileyi munosabati bilan davra suhbati tashkiletiladi.

Davra suhbati 26-oktabr 10:30 da TDYU 3-bino Axborot-resurs markazida boshlanadi.

Ma’lumot uchun: tarix fanlari nomzodi, dotsent O‘tkir Aminov 1967-yildan 1991-yil sentabrga qadar Toshkent davlat universitetida oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, dotsent lavozimlarida ishlagan. 1991-yilda universitetning yuridik fakulteti negizida Toshkent davlat yuridik instituti tashkil etilgandan boshlab, 2005-yilgacha “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasida, 2005-yildan 2010-yilgacha “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida faoliyat olib borgan.

Hodisalar

Barcha e'lonlar