Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Dildora Bazarova, Gulchehra To‘laganovа va Dilbar Suyunova Yevropa amaliy fanlar va menejment institutida malaka oshirdi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Dildora Bazarova, Gulchehra To‘laganovа va Dilbar Suyunova 2022-yil 12-dekabrdan 19-dekabrgacha bo‘lgan muddatda Praga shahridagi (Chexiya) Yevropa amaliy fanlar va menejment institutida malaka oshirish kurslarida ishtirok etdi.

O‘quv mashg‘ulotlari natijalariga ko‘ra ularga “Legallashtirishga qarshi sanksiyalarga rioya qilish: sanksiyalarni tekshirishni modernizatsiya qilish” sohasida malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tugatgani to‘g‘risida Praga (Chexiya Respublikasi) Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti va “INTEAS” xalqaro akkreditatsiyalangan ta’lim jamiyatining “Jinoiy daromadlarni legallashtirish sohasidagi jinoyatlarni tergov qilish muammolari” bo‘yicha malaka oshirish sertifikatlari topshirildi.

Shuningdek, malaka oshirish natijalariga ko‘ra, professor-o‘qituvchilarimiz Yevropa Amaliy fanlar va menejment institutining faxriy a’zolari, shuningdek, manfaatdor tashkilotlarga (magistrlar), legallashtirishga qarshi kurash bo‘yicha tashkilotlar xodimlariga (huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, bank muassasalari va xalqaro darajada) ekspert sifatida dars berish va ma’ruza qilish huquqini beruvchi ICA (Xalqaro muvofiqlik assotsiatsiyasi) xalqaro tashkiloti a’zolari etib saylandi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar