Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Extreme” va “Afina” — “Law Quiz” respublika tanlovining g‘oliblari

Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun “Law Quiz” tanlovi o‘tkazildi.

Talabalarning huquqiy bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida o‘tkazilgan tanlovning respublika bosqichida 24 ta jamoa ishtirok etdi.

O‘zbek va rus tillarida o‘tkazilgan tanlovda jamoalar huquqning turli sohalari bo‘yicha berilgan savollarga javob berish bilan birga, qator kazuslarning yechimlarini ham topishdi.

Huquqiy bellashuv yakunida eng ko‘p ball yig‘gan Toshkent davlat yuridik universitetining “Extreme” (o‘zbek) va “Afina” (rus) jamoalari tanlovning g‘oliblari bo‘ldi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar