Adliya vazirligi tashabbusi bilan ta’sis etilgan mazkur stipendiya uchun tanlovda vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalari talabalari va o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.
Tanlovning universitet bosqichi g‘oliblari quyidagi 2 ta shart orqali aniqlanadi va unda barcha talabalar ishtirok etishi mumkin:
1-shart: 30 ta test sinovi
2-shart: 2 ta esse (har biri 300 ta so‘zdan oshmasligi kerak).
Stipendiya tanlovida ishtirok etishni istaganlar 13-oktabrga qadar quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak: https://forms.gle/bGn25THa8ZiCW4cT7
Batafsil ma’lumot uchun Komil Jo‘raboyev (@JuraboyevKomil, +998 93 224-86-61) va Zahro G‘aniyeva (@TDYUijodkor, +998 90 993-22-09)ga murojaat qiling.
Stipendiya tanlovi nizomi…