Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Ombudsman talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Toshkent davlat yuridik universiteti Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda TDYU rektori Akbar Tashkulov, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova va talabalar ishtirok etdi.

“Ombudsman klubi”ga aʼzo boʻlish istagida boʻlgan talabalarni Ombudsman faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, oʻzaro fikr almashish va faol klub aʼzolarini taqdirlash maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) institutining asosiy faoliyat yoʻnalishlari haqida ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, “Ombudsman klubi”ga TDYUning 2–4-bosqich talabalari hamda magistrantlari qabul qilinadi. Klub a’zolari darslardan keyin Ombudsman instituti mutaxassislariga biriktirilgan holda murojaatlar bilan ishlash, qabullarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Uchrashuv davomida “Ombudsman klubi”ga aʼzo eng faol talabalar — “Davlat boshqaruvi” yo‘nalishi magistranti Diyora Abdullayeva, “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti talabalari Dinora Sultonova va Dinara Saidaripova, “Ommaviy huquq” fakulteti talabasi Barno Bobomurodovaga faxriy yorliqlar topshirildi.

Ochiq va erkin muloqot tarzida o‘tgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.