Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Jorj Vashington universiteti vakillari Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrasuvda TDYU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Baxshillo Xodjayev, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Rustam Umarov, O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i Sardor Bozarov, Yuridik klinika rahbari Otabek Narziyev, Jorj Vashington universiteti professori Malkolm Rassel-Eynxorn, advokat Jasur Neʼmatov ishtirok etdi.

Uchrashuvda mehmonlarga universitet faoliyati, yuridik ta’lim va ilm-fan rivoji haqida ma’lumot berildi.

Tadbir davomida TDYUdagi yuridik ta’limning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Jumladan, o‘quv dasturlari sillabuslarining ishlab chiqish xususiyatlari, Yuridik klinika a’zolari uchun kredit tizimini joriy etish, o‘quv jarayonida zamonaviy o‘qitish metodikalarini qo‘llash, davlat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning ahamiyati, TDYUga qabul jarayonlari va xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan ishlar bo‘yicha fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, Toshkent davlat yuridik universitetida o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda talabalarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilib, o‘quv rejalariga “Kiber huquq”, “Sun’iy intellekt huquqi”, “Sun’iy intellekt qonunchiligi”, “Kiber huquq”, “Sun’iy intellekt huquqi” kabi bugungi kunda dolzarb bo‘lgan fanlar, shuningdek, Yuridik klinika faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan klinik va ijtimoiy fanlar joriy etilmoqda.

Bosh prokuratura bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Bo‘lajak prokurorlar klubi”, Notarial Palata bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Bo‘lajak notariuslar klubi”, Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Yosh diplomatlar klubi” malakali yuridik kadrlar tayyorlashga xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, TDYU Yuridik klinikasi Oliy sud, Notarial palata, Adliya vazirligi kabi bir qancha davlat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Tadbir davomida ishtirokchilar dolzarb masalalardan biri — gender tengligi masalasini ham muhokama qilindi va bu borada O‘zbekistonda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi. Xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, jamiyatdagi rolini kuchaytirish, gender tengligini ta’minlash maqsadida joriy yildan boshlab davlat oliy o‘quv yurtlarida magistratura bosqichida tahsil olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakti davlat tomonidan to‘lab berilayotgani qayd etildi.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar