Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU vakillari Xitoyning Janubi-g‘arbiy siyosiy fanlar va huquq universitetida stajirovka o‘tadi

Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Chongching shahrida joylashgan Janubi-g‘arbiy siyosiy fanlar va huquq universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida TDYU vakillari Janubi-g‘arbiy siyosiy fanlar va huquq universiteti Xalqaro huquq fakulteti dekani Zhon Jiang, dekan o‘rinbosari Song Yunbo hamda boshqa bir qator professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvlarda ikki universitet o‘rtasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, hammualliflikda ilmiy-huquqiy maqolalar chop etish, zamonaviy huquq sohasiga oid adabiyotlarni tarjima qilish, axborot-resurs markazlari o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatish, hamkorlikda dars mashg‘ulotlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tashrif doirasida Xitoy-O‘zbekiston Huquqiy tadqiqotlar markazi, “Duan-Duan” yuridik firmasi, Chongching Xalqaro arbitraj markazi, shuningdek, “Zhong Yin” yuridik firmasi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar