O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida BMT modelining 2-bosqichi o‘tkazildi.
“BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ishtirokchi-davlatlari konferensiyasi” deb nomlangan modelda mamlakatimizdagi turli oliy ta’lim muassasalarining jamoalari o‘zlariga berilgan davlatlar misolida xususiy sektordagi korrupsiyaviy holatlarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar xususida muhokamalar o‘tkazib, bu borada o‘z takliflari bilan ishtirok etdi.
Modelda Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichi talabalari qatnashib, o‘zlarining siyosiy, huquqiy bilimlari, notiqlik mahorati, jamoada ishlash, diplomatik etika va yetakchilik qobiliyatini namoyish etdi.
Jamoalarning ishtiroki Korrupsiya qarshi kurashish agentligi, “Mintaqaviy muloqot” XNNT, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakillari va mas’ul idoralar xodimlari tomonidan kuzatib borildi.