“O‘zbekistonda Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi” doirasida Litvaning Turiba universiteti professori Raymundas Kalesnykas Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida professor Raymundas Kalesnykas universitetning Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi hamda Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi.
Qizg‘in va samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvlarda universitetda o‘quv jarayonlarini takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida fikr almashildi.
Shuningdek, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish masalalari ham muhokama qilindi.
Bundan tashqari, professor Raymundas Kalesnykas Toshkent davlat yuridik universitetidagi dars mashg‘ulotlariga ham tashrif buyurib, talabalar bilan suhbatlashdi hamda ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.