Tadbirda fakultet dekani Atabek Babadjanov, fakultet jamoasi va magistraturaga talabalikka tavsiya etilganlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida magistratura bosqichida o‘qish uchun qo‘yiladigan talablar, universitet ichki tartib-qoidalari, Odob-axloq kodeksi, o‘quv jarayonlarini tashkil qilish va baholash tizimi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Bundan tashqari, magistrantlar magistratura talabalarining ilmiy tadqiqot olib borish etikasi va dissertatsiya ishlarini shakllantirish bosqichlari haqida foydali ma’lumotlarga ega boʻldi.
Uchrashuv davomida magistrantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.