Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga 2024/2025-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilganlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Tadbirda fakultet dekani Atabek Babadjanov, fakultet jamoasi va magistraturaga talabalikka tavsiya etilganlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida magistratura bosqichida o‘qish uchun qo‘yiladigan talablar, universitet ichki tartib-qoidalari, Odob-axloq kodeksi, o‘quv jarayonlarini tashkil qilish va baholash tizimi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, magistrantlar magistratura talabalarining ilmiy tadqiqot olib borish etikasi va dissertatsiya ishlarini shakllantirish bosqichlari haqida foydali ma’lumotlarga ega boʻldi.

Uchrashuv davomida magistrantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar