Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Adliya vaziri TDYU professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan namunaviy huquq sinfi bilan tanishdi

O‘zbekiston Adliya vaziri Akbar Tashqulov Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Adliya vaziri huquqshunos pedagoglar va o‘quvchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvlarda Adliya vaziri Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mohiyati va g‘oyalarini o‘quvchilarga sodda va zamonaviy metodlar asosida yetkazish, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlarning qonuniy asoslarini tushuntirib berish, ularning ongiga inson huquqlari va qonun ustuvorligi g‘oyalarini singdirishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Vazir maktab o‘quvchilarining qiziqishlari, orzu-istaklari va rejalari, ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi hamda o‘zining tavsiyalari va maslahatlarini berdi.

Tashrif davomida Adliya vaziri Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan, respublikamizning barcha maktablarida joriy etish rejalashtirilgan, Konstitutsiya normalari, huquqqa oid fundamental bilimlar, yoshlarning asosiy huquqlarini ifoda etuvchi elektron va ko‘rgazmali vositalar bilan jihozlangan namunaviy huquq sinfi bilan tanishdi.

Bundan tashqari, universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan tuman maktablarining huquqshunos pedagoglari uchun Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati, davlat va huquq asoslari fanidan dars mashg‘ulotlarini interaktiv usulda va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan mahorat darsi hamda maktab o‘quvchilari uchun namunaviy dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar