2022/2023-o‘quv yilida Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura bosqichini tamomlagan bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari Sherzod Rabiyev, TDYU birinchi prorektori Ahror Hoshimxonov, universitetning “Magistratura va sirtqi ta’lim” fakulteti dekani Otabek Bobojonov, TDYU professor-o‘qituvchilari, talabalar, bitiruvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Marosimda so‘z olganlar huquq magistrlarining kelgusi faoliyatiga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, tadbirda magistrlar ham so‘z olib, berilgan ta’lim, imkoniyatlar va yaratilgan sharoitlar uchun universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Shundan so‘ng marosimning asosiy qismiga o‘tilib, 171 nafar huquq magistriga diplomlar topshirildi.
Fotolar...