Adliya vazirligining “Olmos” dam olish maskanida tashkil etilgan yozgi maktab Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan “Mintaqaviy muloqot” XNNT, Lester universiteti (Buyuk Britaniya), Durham universiteti (Buyuk Britaniya) va Makao universiteti (Xitoy) bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
To‘rt kunlik yozgi maktab mashg‘ulotlari xalqaro ekspertlar tomonidan olib borilmoqda hamda ularda Toshkent davlat yuridik universitetining 40 nafar professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etmoqda.
Yozgi maktabning ilk kunida “Qiyosiy huquqdan metodologiya sifatida foydalanish: e’tibor berish kerak bo‘lgan savollar va shaxsiy fikrlash”, “Huquqiy tadqiqotlarning asosiy tamoyillari”, “Ijtimoiy-huquqiy tadqiqotlar” kabi mavzularda mashg‘ulotlar o‘tkazildi.