Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi

Shiorimiz: Xalq farovonligi - bu asosiy qonun (Salus populi suprema lex.) Sitseron.

Bizning maqsadimiz:

Konstitutsiyaviy huquq sohasida dunyoning yetuk olimlari faoliyat yuritadigan va xalqaro darajadagi soha vakillarini yetishtirib chiqaradigan dunyoning eng nufuzli maktablaridan biriga aylanish, Konstitutsiyaviy huquq va unga aloqador boʻlgan modullar boʻyicha xalqaro standartlarga javob beradigan oʻquv materiallari yaratish va ulardan foydalanib taʻlim berish..

Biz yurtimiz va jahondagi Konstitutsiyaviy huquq bilan bogʻliq jarayonlar va fuqarolik jamiyatini toʻliq oʻrganish, bu borada xalqaro tajriba bilan tanishish va sohadaga oid turli meʻyoriy hujjatlarni tadqiq etish va ishlab chiqishni maqsad qilganmiz. Аyni paytda bu yoʻnalishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Markaziy saylov komissiyasi, Аdliya vazirligi, huquqni muhofaza qilish idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlar va respublika oliy taʻlim muassasalari bilan hamkorlik qilib qelmoqdamiz.

Bizning vazifalarimiz:

– Konstitutsiyaviy huquq sohasida rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish;

– talabalarda oʻtiladigan fanlar toʻgʻrisida qiyosiy, tahliliy va mantiqiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish;

– talabalarda xalqaro xususiy huquq normalarini amalda qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirish;

– yoshlarga mustaqil taʻlim olish va berish, nazariya va amaliyot uygʻunligini taʻminlash uchun imkon yaratish;

– “Xalqaro xususiy huquq sohasida dunyoning yetuk olimlari faoliyat yuritadigan va xalqaro darajadagi yetuk soha vakillarini yetishtirib chiqaradigan dunyoning eng nufuzli maktablari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Bizning fanlar:

Kafedra tomonidan jami 11 ta fan oʻtiladi. Shundan 8 tasi bakalavr, 3 ta magistr fanlari hisoblanadi.

Bakalavriatda 8 ta fan:

– Konstitutsiyaviy huquq / Constitutional law

– Parlament huquqi / Parliamentary Law

– Qiyosiy konstitutsiyaviy huquq / Comparative Constitutional Law

–    Konstitutsiyaviy odil sudlov / Constitutional justice

–    Mahalliy hokimiyat huquqi / Local Government Law

Tanlov fanlari:

–  Saylov huquqi / Election Law 

–  Oʻzini oʻzi boshqarish huquqi / Self-government Law

–  NNT huquqi / NGO law

Magistraturada 3 ta fan:

  Konstitutsiyaviy huquqning ilmiy-amaliy muammolari / Constitutional Law in Practice

–  Konstitutsiyaviy nazorat va konstitutsiyaviy odil sudlov Constitutional Control and Justice

Tanlov fanlari:

–  Ommaviy axborot vositalir huquqi / Mass Media Law modullaridan maʻruza, seminar mashgʻulotlari olib borilmoqda.

Kafedra tomonidan 2020 yilda 37 ta OАK roʻyxatidagi ilmiy jurnallarda maqolalar, jumladan, xalqaro jurnallarda 10 ta, 20 ta ta xalqaro anjumanlar, 9 ta SCOPUS bazasiga kiritilgan ilmiy jurnallarda maqolalar, 3 darslik, 5 ta monografiya chop etilgan. 

Shuningdek,

– 3 ta xalqaro;

– 5 ta respublika ilmiy konferentsiya va davra suhbatlari oʻtkazilgan. 

Kafedra xalqaro hamkorlik doirasida Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities kabi nufuzli agentliklar reytingida birinchi 1 000 oʻrinni egallagan xorijiy OTMlar bilan hamkorlikda turli tadbirlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, Buyuk Britaniyaning Lester universiteti professori Pablo Kortes, Garvard universiteti tadqiqotchisi, professor Ignasio Xernandes “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasida masofaviy shaklda dars mashgʻulotlarini olib bormoqda. Shuningdek kafedra hamkorlik doirasida Nagoya universiteti bilan hamkorlikda turli tadbirlarni oʻtkazib kelmoqda. Osaka universiteti professori yordamchisi, PhD F.Umirov talabalar uchun “Konstitutsiyaviy odil sudlov” fanidan dars mashgʻulotlarini 2021 yildan olib bormoqda.

Kafedrada professor-oʻqituvchilar va mustaqil tadqiqotchilar tomonidan 12.00.02 – “Konstitutsiyaviy huquq. Ma‘muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Bizning dastur va loyihalarimiz:

Kafedra oʻquv, ilmiy hamda qonunchilikni takomillashtirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi oʻqituvchilari Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi qonuni va Saylov kodeklarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishdi.

Shuningdek kafedra mamlakatimiz OTMlari orasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Аkademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Аkademiyasi, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti mutaxassislik kafedralari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlgan qoʻygan.

Bugungi kunda kafedraning asosiy shtatdagi professor-oʻqituvchilarning 6 nafari ilmiy darajaga ega (2 nafar fan doktori, 5 nafar fan nomzodi), 6 nafari esa ilmiy darajasiz. Kafedrada Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Boshqarma boshligʻi Аlisher Mahmudov, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti boʻlim boshligʻi Xayrullo Roʻzmetov, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi kotibiyot mudiri Аbdumannob Raximov oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedrada “Public law club” va “Yosh tadqiqotchi” nomli ilmiy toʻgaraklar, Konstitutsiyaviy huquq fani boʻyicha professor, yu.f.d. Rahim Xakimov va professor Eshmuhammad Qodirov ilmiy maktablari tashkil etilgan, uning tarkibiga jami 300 nafardan ortiq iqtidorli talabalar biriktirilgan boʻlib, ular tomonidan konstitutsiyaviy huquq va davlat boshqaruvining dolzarb muammolariga bagʻishlangan tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Professor-oʻqituvchilar tarkibi:

Bizning oʻqituvchilarimiz doimo oʻz ustida ishlaydi, xorijiy hamkasblari bilan malaka va bilimini oshirib boradi, tajriba almashadi.

Bugungi kunda kafedrada 3 nafar professor va 3 nafar dotsent, 2 katta oʻqituvchi, 6 nafar oʻqituvchi faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari ichki va tashqi oʻrindoshlik asosida malakali professor-oʻqituvchilar va amaliyotchilar dars mashgʻulotlariga jalb etilgan.

Shuningdek, 6 nafar mustaqil-zlanuvchi va 3 nafar doktorant oʻquv-uslubiy jarayonda ishtirok etmoqda.

Bizning xodimlarimiz:

F.I.Sh

Lavozimi 





 




 

Bekov Ixtiyor

Kafedra mudiri





 

Axmedov Davron

Professor





 

Qodirov Eshmuhammad

Professor v.b.





 







 

Yoʼldoshev Аziz

Dotsent v.b.





 

Nazarov Shavkat

Dotsent





 

Qosimov Botirjon

katta o‘qituvchi





 

Karaxadjaeva Аkilaxon

katta o‘qituvchi





 

Aliyeva Kamola

katta o‘qituvchi





 

Madiev Faxriddin

o‘qituvchi





 

Xudoybergenov Аzamat

o‘qituvchi





 

Botirov Xurshid

o‘qituvchi





 

Аslonova Laylo

o‘qituvchi





 

Safarova Hulkar

o‘qituvchi





 

Bakiev Jahongir

o‘qituvchi





 

Qudratullayev Jahongir

o‘qituvchi





 

Mirzakarimov Sardor

o‘qituvchi





 

Bahodirov Javlonbek

o‘qituvchi





 

Ichki o’rindoshlar





 

Musayev Bekzod

dotsent





 

Kafedra maslahat kunlari:

Lavozimi

F.I.O

Konsultatsiya vaqti

Auditoriya

Kafedra mudiri

Bekov Ixtiyor

Seshanba 
9.00-12.00

110 

Katta o’qituvchi

Qosimov Botirjon

Dushanba 
9.00-12.00

109

Professor v.b.

Qodirov Eshmuhammad

Chorshanba
9.00-12.00

109





Oʻqituvchi

Madiyev Faxriddin

Juma
9.00-12.00

109

Oʻqituvchi

Xudoyberganov Azamat

Seshanba 
16.00-12.00

109

Dotsent

Yo’ldoshev Aziz

Dushanba
9.00-12.00

109

Oʻqituvchi

Botirov Xurshid

Chorshanba 
9.00-12.00

109

Oʻqituvchi

Aslanova Laylo

Payshanba
 9.00-12.00

109

Oʻqituvchi

Safarova Xulkar

Juma
9.00-12.00

109

Bizning manzil:

Toshkent shahri, Sayilgoh koʻchasi, 35-uy, TDYU 2-oʻquv binosi, 109-xona

Murojaat uchun telefon raqami: Tel: 233-66-36, 1188 (ichki)

Elektron pochta: constlaw@tsul.uz