2024-yilning yanvar-dekabr oylari davomida Toshkent davlat yuridik universitetiga kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risida tahliliy ma’lumot
Toshkent davlat yuridik universitetiga (keyingi o‘rinlarda–universitet) 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1078 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali 152 ta, bevosita idoraga 926 ta murojaatlar kelib tushgan. Universitetda jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar hamda ularning vakillarini rektor va prorektorlar tomonidan qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur davr mobaynida murojaatlarning 41 tasi rektor tomonidan, 2 tasi tegishli prorektorlar tomonidan qabul qilingan. Bevosita idoraga kelib tushgan 926 ta murojaatdan 697 tasi qanoatlantirilgan, 209 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 2 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotga yuborilgan.
Murojaatlar bilan ishlash borasida muddat buzilishi holatlari mavjud emas.