Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Toshkent davlat yuridik universiteti tashabbusi bilan “Street Law” klubi a’zolari uchun BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Mashg‘ulotda BMTning mamlakatimizdagi vakolatxonasi axborot ofisi rahbari Anvar Meliboyev ishtirok etib, klub a’zolariga BMT faoliyati, Barqaror rivojlanish maqsadlarining mazmun-mohiyati, O‘zbekistonda mazkur maqsadlarni amalga oshirish borasida qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
O‘z navbatida, “Street Law” loyihasi volontyorlari barqaror rivojlanishni inson huquqlari nuqtayi nazaridan targ‘ib qilish usullari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.