Toshkent davlat yuridik universitetida ekologik madaniyatni oshirish, raqamli boshqaruvni rivojlantirish hamda hujjat aylanishida zamonaviy va tejamkor yondashuvlarni keng joriy etish maqsadida yo‘lga qo‘yilayotgan tashabbus doirasida doimiy ravishda har oyning ikkinchi dushanba kuni hujjatlar to‘liq elektron shaklda yuritiladi.
Ekoaksiya qog‘oz sarfini kamaytirish, elektron hujjat aylanishini yanada rivojlantirish, ish jarayonlarida tezkorlik va samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
“Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi universitet jamoasida ekologik mas’uliyatni kuchaytirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va raqamli madaniyatni shakllantirishga qaratilgan muhim amaliy qadamdir.
TDYU jamoasi barcha xodimlarni mazkur ekoaksiyada faol ishtirok etishga hamda hujjatlar bilan ishlashda elektron imkoniyatlardan keng foydalanishga chaqiradi.