--:-- · --/--/----
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG Akademik litsey va yuridik texnikum bitiruvchilari qabuli
O'qishni ko'chirish hamda qayta tiklash tartibi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU hamkori bo‘lgan Gdansk universiteti 2-3-kurs talabalari uchun akademik mobillik dasturini e’lon qildi

Mazkur dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan GPA kamida 80% bo‘lishi va ingliz tilini bilishi (IELTS 6 dan kam bo‘lmasligi) talab etiladi.

Xorijiy universitetda akademik mobillik dasturi doirasida o‘qishni istagan talabgorlar 10-dekabrga qadar quyidagi hujjatlarni dekanatlarga taqdim etishi kerak:
1.  Akademik transkript nusxasi;
2.  Xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;
3.  Tilni bilish sertifikati;
4.  Faollik to‘g‘risidagi boshqa sertifikatlar (ixtiyoriy);
5.  Bog‘lanish uchun ma’lumotlar.

Loyiha 2025/2026-o‘quv yilining 2-semestrini hamkor xorijiy universitetda to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.

Qabul bo'yicha murojaat boti