Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Bo‘lajak prokurorlar klubi” a’zolariga a’zolik beydjiklari topshirildi

Toshkent davlat yuridik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzurida tashkil etilgan “Bo‘lajak prokurorlar klubi” a’zolariga a’zolik beydjiklarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari Salom Samadov, Toshkent davlat yuridik universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ahrorxon Xashimhonov, Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshligʻi Alijon Abdullayev, kadrlar boshqarmasi prokurori O.Sultonov, Oʻzbekiston Respublikasi faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash jamoatchilik markazi raisi Botir Kalonov, TDYU bandlik (karyera) bo‘limi boshlig‘i Jasur Axmedov, “Bo‘lajak prokurorlar klubi”ga a’zo bo‘lgan 78 nafar talaba va prokuratura tizimida ishlash istagidagi 200 nafardan oshiq talaba ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar “Bo‘lajak prokurorlar klubi”ning talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lashdagi o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtalib, talabalarni klubga a’zolik bilan tabrikladi.

Shuningdek, ishtirokchilarga prokuratura organlari tizimi, faoliyati, prokuratura tizimida ishlash istagidagi nomzodlarga qo‘yilgan talablar, ishga qabul qilish tartibi, xodimlarga yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy kafolatlar haqida ma’lumot berildi.

Yakunda klub a’zolariga a’zolik beydjiklari tantanali ravishda topshirildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar