Xabaringiz bor, 10–13-oktabr kunlari O‘zbekiston respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) hamkorligida “Raqobatbardoshlikni ta’minlashning adolatli bozor shartlari” mavzusida II xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.
Konferensiya doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi tomonidan universitet doktorantlari, tadqiqotchilari va talabalari uchun OECDning raqobat, moliya va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha katta eksperti Sabine Zigelski bilan uchrashuv tashkil etilmoqda.
Davra suhbati tarzida tashkil etilayotgan tadbir 13-oktabr 15:00 da TDYU 3-bino 221-xonada o‘tkaziladi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga OECDning raqobatbardoshlikni oshirishdagi tajribalari haqida ma’lumot berish, mamlakat qonunchiligi va raqobat sohasidagi iqtisodiy siyosatni xalqaro ilg‘or tajribalarga muvofiq takomillashtirish hamda hozirgi davr raqobat qonunchiligi va siyosatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taalluqli dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.