Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Talaba qizlar forumi” o‘tkazildi

“11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan forum doirasida namunali ko‘rgazmalar, mushoiralar, milliy liboslar namoyishi o‘tkazildi.

Forum doirasida tashkil etilgan tanlovlarda qizlar o‘zlarining rassomchilik, raqs, sozandalik va xonandalik bo‘yicha iste’dodini namoyish etdi. Bellashuvlar yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Shu bilan birga universitetning bir guruh guruh faol va iqtidorli qizlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan esdalik sovg‘alari bialn taqdirlandi.

Forum ishtirokchilari uchun davlat va jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xotin-qizlar ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.

Forum yakunida universitetning talaba-qizlari uchun tayyorlangan konsert dasturi barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar