Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi barcha talabalarni 2023-yilgi John H.Jackson Moot Court Competition (John H.Jackson xalqaro sud protsessi) tanlovida ishtirok etishga chorlaydi.
Tanlovda ishtirok etishni istagan talabalar 28-oktabr 18:00 ga qadar quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak: https://bit.ly/3eCULqt
Xalqaro tanlovda ishtirok etuvchi universitet jamoasi uchun saralash og‘zaki suhbat tarzida o‘tkaziladi.
John H.Jackson Moot Court Competition tanlovi haqidagi yangiliklar bilan “ELSA” (@elsacompetition) telegram kanali orqali tanishib borish mumkin.
Ma’lumot uchun: John H.Jackson Moot Court Competition — JST qonunchiligi bo‘yicha xalqaro sud tanlovi. Tanlov Yevropa huquqshunos talabalar assotsiatsiyasi (ELSA) tomonidan tashkil etiladi va Jahon savdo tashkiloti tomonidan texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi. Tanlovda har yili 40 ga yaqin mamlakat va 80 universitetdan jamoalar ishtirok etadi.