Xabaringiz bor, Samarqand shahrida “Uchinchi O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi” bo‘lib o‘tdI. Ushbu forumda Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi ham ishtirok etdi.
Xalqaro anjuman davomida Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Rossiya Federatsiyasining nufuzli oliy ta’lim muassasalari — M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti va Voronej davlat universiteti o‘rtasida bilan o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi.
Memorandumlarga ko‘ra, endilikda TDYU va hamkor universitetlar o‘rtasida ilmiy dasturlar, turli loyihalar yo‘lga qo‘yiladi, axborot va o‘quv adabiyotlari almashinuvi uchun sharoit yaratiladi.