--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda talabalar kooperativi tashkil etilmoqda

Toshkent davlat yuridik universitetida talabalarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish hamda o‘z mehnati va salohiyati orqali daromad topish imkoniyatlarini yaratish maqsadida “TSUL Coop” — talabalar kooperativi tashkil etilmoqda.

Mazkur tashabbus orqali talabalar o‘z biznes g‘oyalarini real loyihaga aylantirish, turli xizmatlar ko‘rsatish va innovatsion mahsulotlar yaratish, huquq, IT, marketing, dizayn, media va boshqa yo‘nalishlarda tajriba orttirish, jamoaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda kooperativ boshqaruvida ishtirok etish va moliyaviy natijalardan belgilangan tartibda ulush olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Loyiha doirasida universitet bilan hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va soha mutaxassislarining amaliy ko‘magidan foydalanish ham ko‘zda tutilmoqda.

Ayni paytda kooperativ a’zoligiga qabul davom etmoqda. Tashabbuskor, mas’uliyatli, kreativ fikrlaydigan, jamoada ishlashga tayyor va tadbirkorlikka qiziqadigan talabalar “TSUL Coop”ga a’zo bo‘lishi mumkin. 

Talabalar kooperativiga a’zo bo‘lish uchun 17-oktabrga qadar @pb1215 va @kenjayev22 Telegram manziliga murojaat qiling.

Hodisalar

Barcha e'lonlar

Qabul bo'yicha murojaat boti