Toshkent davlat yuridik universitetida BMTning “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakti” qabul qilinganining 60 yilligiga bag‘ishlangan “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash: global chaqiriqlar va milliy yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
TDYU Xalqaro huquq va inson huquqlari sho‘basi tashabbusi bilan tashkil etilgan konferensiyada davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Anjumanda aholining ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan huquqlarini kafolatlash, ehtiyojmand qatlamlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka tatbiq etish, inson sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, majburiy mehnatga qarshi xalqaro-huquqiy kafolatlarni mustahkamlash, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha davlat majburiyatlarini amalga oshirish hamda xalqaro shartnomalar normalarini milliy huquq tizimiga joriy etish hamda fuqarolarning madaniy hayotda ishtirok etishi, madaniy merosdan foydalanishi va uni muhofaza qilishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Anjumanda inson sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ijtimoiy davlat tamoyillarini mustahkamlash va huquqiy kafolatlarni amalda ro‘yobga chiqarish uchun davlat organlari, milliy institutlar hamda ilmiy hamjamiyat hamkorligi muhimligi ta’kidlandi.