Tanlovda harbiy-akademik litseyning 1-2- bosqich oʻquvchilaridan tuzilgan 20 dan ortiq jamoa ishtirok etdi.
3 bosqichdan iborat tanlov avvalida loyiha koordinatori Shohjahon Abdusattorov oʻquvchilarga bellashuv tartib-qoidalarini tushuntirib o‘tdi.
Tanlov davomida ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Gʻ.Gʻulomning “Shum bola” asari asosida tuzilgan, shuningdek, mantiqiy(detektiv) savollarga javob berdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 5 ta jamoa 12-noyabrda TDYUda oʻtkaziladigan 1-tur oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.