Toshkent davlat yuridik universiteti “17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Talabalar festivali” davom etmoqda.
Bugun, festivalning 2-kuni, “Ularga hayot tuhfa qil!” shiori ostidagi donorlik xayriya aksiyasi bilan boshlandi. Unda universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talabalar faol ishtirok etmoqda.
Shuningdek, ayni paytda 3 ta modul bo‘yicha "Kahoot" platformasida onlayn fan olimpiadalari o‘tkazilmoqda.
Kunning ikkinchi yarmida, 14:00 dan boshlab fakultetlar jamoalari o‘rtasidagi spektakllar tanloviga start beriladi.