Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi “Philip C. Jessup International Law Moot Court Competition — 2023” tanlovining Vashington shahrida (AQSH) o‘tkazilgan xalqaro raundlarida ishtirok etdi. Dunyoning 140 dan ortiq mamlakatidan 700 dan ziyod jamoa qatnashgan tanlovda TDYU jamoasi 41-o‘rinni egalladi. Bu orqali O‘zbekiston Jessup Mootda ishtirok etgan mamlakatlar orasida 23-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, joriy yilgi tanlovda 3500 nafardan ortiq talaba ishtirok etdi va jamoamizning ikki nafar a’zosi tanlovning TOP–200 spikerlari ro‘yxatidan joy oldi:
O‘tkirbek Rivojiddinov — 134-o‘rin;
Dildorabegim Xoliqova — 194-o‘rin.
Mazkur jamoaviy va individual natijalar nafaqat O‘zbekiston, balki MDH va Markaziy Osiyo jamoalari ichida qayd etilgan eng yaxshi natijadir.