Toshkent davlat yuridik universiteti Axborot-resurs markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Toshkent shahar boshqarmasiga qarashli 2-sonli “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar internat uyida xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ahror Hoshimxonov, Axborot-resurs markazi jamoasi ishtirok etdi.
Xayriya tadbiri doirasida internat uyiga turli o‘yinchoqlar, gigiyenik vositalar va sovg‘alar taqdim etildi.