“International Hotel” mehmonxonasida BMT Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ishtirokchi davlatlari konferensiyasi modeli: “BMT Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini amalga oshirish mexanizmi: ikkinchi bosqich obzori” bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, О‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, BMTning Giyohvand modallar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi, “Mintaqaviy muloqot” XNNT hamkorligida о‘tkazildi.
Anjumanda TDYU, JIDU, SamDU, Berdaq nomidagi QDU, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, Bosh prokuratura akademiyasi, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining magistratura bosqichi talabalaridan iborat jamoalar ishtirok etdi.
Ikki raunddan iborat konferensiya musobaqa formatida o‘tkazildi.
Modelning birinchi raundida ishtirokchi davlatlar (Estoniya, Qozog‘iston, Chili, O‘zbekiston, Nigeriya, AQSH (Massachussets shtati), Koreya Respublikasi) BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasida Korrupsiyaga qarshi kurashishga ixtisoslashgan organlarning byudjet mablagʻlari va davlat xaridlarida shaffoflikni taʼminlashdagi oʻrni boʻyicha о‘z taqdimotlarini namoyish etdi.
Ikkinchi raundda ishtirokchi davlatlar BMT Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi qoidalari asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha о‘z takliflarini taqdim etdi.
Chiqishlar yakunida natijalar sarhisob qilinib, har bir jamoaga baho berildi.
Konferensiyada TDYU magistratura bosqichi talabalari qur’a natijalariga kо‘ra, Estoniya amaliyoti bо‘yicha о‘z chiqishini amalga oshirdi va xorijiy va mahalliy ekspertlar tomonidan ijobiy baholandi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.