Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori Dilshod Umarov, universitet professor-o‘qituvchilari hamda Amerika-O‘zbekiston Assotsiatsiyasi direktori Kamila Zakirova ishtirok etdi.
Tadbirda memorandum doirasida TDYU va AQSHdagi yuridik maktablar oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish, TDYU talabalariga AQSH va xalqaro tashkilotlardagi huquqshunoslar bilan professional tarmoq imkoniyatlarini taqdim etish, TDYUga ma’ruzalar o‘qish uchun AQSHdan huquqshunos va ekspertlarni jalb qilish, TDYU va AQSHdagi huquqshunoslik maktablari oʻrtasida kelishish mumkin boʻlgan gʻoyalar, maʼlumotlar va nashrlar almashinuviga koʻmaklashish, metodik almashinuv va o‘quv jarayonini samarali boshqarish, shu jumladan, TDYUda innovatsion o‘qitish usullarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tadbir davomida hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Assotsiatsiya tomonidan AQSHdagi yetakchi professorlarni TDYUda pedagogik faoliyat olib borish uchun yuborishni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun: Amerika-O‘zbekiston assotsiatsiyasining asosiy maqsadi Amerikadagi o‘zbek yoshlarini birlashtirish va hamkorlikka ko‘maklashish, ularning bilim va ko‘nikmalarini O‘zbekistonda demokratik va iqtisodiy islohotlarni yanada rivojlantirishda foydalanishdan iborat.
Assotsiatsiya asosan Amerika va O‘zbekiston o‘rtasida madaniy, akademik va professional aloqalar o‘rnatish va Amerikadagi vatandoshlar bilan ishlash borasida faoliyat yuritadi.