Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Islambek Rustambekov Springer va SCIRP tomonidan nashr etiladigan xalqaro nufuzli nashrlarning tahririyati a’zosi bo‘ldi

TDYU rektori v.v.b., yuridik fanlari doktori, professor Islambek Rustambekov huquq sohasida yetakchi mutaxassis sifatida 2023-yildan “Asian Yearbook of International Economic Law” va “Beijing Law Review” nufuzli xalqaro nashrlarning tahririyati a'zoligiga kiritildi.

Asian Yearbook of International Economic Law (AYIEL) — xalqaro iqtisodiy huquqning Osiyo yilnomasi bo'lib, huquqning jadal rivojlanayotgan sohasi — xalqaro iqtisodiy huquqqa bag‘ishlanadi hamda bunda asosiy e’tibor Osiyo va Tinch okeani mintaqasiga qaratiladi. AYIEL xalqaro iqtisodiy huquqning barcha sohalari, jumladan, savdo huquqi, JST huquqi, investitsiya huquqi, moliya huquqi, soliq huquqi, raqobat huquqi, intellektual mulk huquqi, nizolarni hal qilish, iqtisodiy tartibga solish va hamkorlik, mintaqaviy iqtisodiy integratsiya, shuningdek, boshqa huquqiy tadqiqotlar bo‘yicha yuqori sifatli natijalarini nashr etadi. Yilnoma dunyodagi nufuzli ilmiy nashriyotlardan biri bo‘lgan Springer tomonidan nashr etiladi.

Beijing Law Review (BLR) — huquq sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlarga bag‘ishlangan xalqaro ekspertlik jurnali. Jurnalning asosiy maqsadi zamonaviy huquqiy tadqiqotlarning natijalarini yoritish hamda huquq va tegishli fanlar sohasidagi tadqiqot ishlarini targ‘ib qilishdir. Mazkur jurnal “SCIRP — Scientific research publishing” xalqaro akademik nashriyoti tomonidan nashr etiladi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar