Ayni paytda Toshkent davlat yuridik universitetining 1224 nafar talabalari, jumladan, «Ommaviy huquq» fakultetining 302 nafar, «Jinoiy odil sudlov» fakultetining 309 nafar, «Xususiy huquq» fakultetining 280 nafar, «Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik» fakultetining 334 nafar talabalari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tashkilotlarda bitiruv malakaviy amaliyotini o‘tamoqda.
Universitet rektorining buyrug‘i bilan 33 nafar pedagog xodim amaliyot rahbarlari etib belgilangan. Talabalarni hududlardagi amaliyot tashkilotlariga joylashtirish maqsadida 16 nafar profеssor-o‘qituvchilar xizmat safariga yuborilgan.
TDYU 4-bosqich talabalarining bitiruv malakaviy amaliyoti 14-aprelga qadar davom etadi.