Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro xususiy huquq” kafedrasi o‘qituvchisi Sayidkomil Ibodullayev nufuzli Philip C. Jessup nomidagi xalqaro musobaqaning Vashington shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro raundlariga hakamlik qilish uchun saralab olindi.
Musobaqaning xalqaro raundlari joriy yilning aprel oyida bo‘lib o‘tadi va unda dunyo mamlakatlarining milliy hamda mintaqaviy raundlarda g‘olib bo‘lgan jamoalari bellashadi.
Ma'lumot uchun: Jessup Moot dunyodagi eng yirik sud musobaqasi bo‘lib, unda 100 ta mamlakatdan 700 ga yaqin huquqshunoslik maktablari ishtirok etadi. Musobaqa Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xalqaro sudidagi ikki mamlakat o‘rtasidagi nizo simulyatsiyasidan iborat.