Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Аdolat – qonun ustuvorligida” ko’rik tanlovi g’oliblari

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashabbusi bilan Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturining “O’zbekistonda qonun ustuvorligi yo’lida hamkorlik” qo’shma loyihasi tomonidan hamkorlikda respublika miqyosida o’tkazilgan “Аdolat – qonun ustuvorligida” ko’rik tanlovi natijalari e’lon qilindi. 


 Ushbu tanlovda universitet jamoasi faol ishtirok etib, “Eng faol ilmiy xodim” nominatsiyasi bo’yicha: 


I o’rinni “Jinoyat huquqi va kriminologiya” kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Gulchehra Tulaganova 



III o’rinni "Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi" kafedrasi tayanch doktoranti  Iroda Salimova



Rag’batlantiruvchi o’rinni Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi katta o’qituvchisi Gulrux  Mamaraimova  qo’lga kiritdi. 


Tanlov tashkilotchilari tomonidan g’oliblarga diplomlar, tanlov statuetkalari va qimmatbaho sovg’alar topshirildi.



Universitet jamoasi tanlov go'lib va sovrindorlarini samimiy qutlab qoladi!



Hodisalar

Barcha e'lonlar