Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun begʻaraz tayyorlov kurslari o‘tkazilmoqda

Toshkent davlat yuridik universitetida Toshkent shahridagi umumtaʼlim maktablarining 11-sinf oʻquvchilaridan oliy taʼlim muassasalariga kirish istagida boʻlgan bitiruvchilar orasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun begʻaraz tayyorlov kurslari tashkil etilgan.

Tayyorlov kurslarini oʻtilishi boʻyicha reja jadval tasdiqlangan boʻlib, haftaning seshanba va payshanba kunlari “Tarix”, “Ona tili” va “Ingliz tili” fanlaridan tayyorlov mashgʻulotlari olib borilmoqda.

Tayyorlov mashgʻulotlari TDYUning professor-oʻqituvchilaridan “Tarix” fani boʻyicha “Umumtaʼlim fanlar va madaniyat” kafedrasi professori v.b. Hakimali Azimov, “Ona tili” fani boʻyicha “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti Nasiba Bozorova, “Ingliz tili”fani boʻyicha “Xorijiy tillar” kafesrasi oʻqituvchisi Dildora Usarova tomonidan olib borilmoqda.

Tayyorlov kursi mashgʻulotlari oʻquvchilarning sohaga boʻlgan qiziqishi, maktablarida olgan bilimini inobatga olgan holda zamonaviy taʼlim metodlari asosida olib o‘tkazilmoqda.

Hodisalar

Barcha e'lonlar