Oliy ta’lim sohasida tajriba almashish, milliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalarida erishilayotgan yutuqlarni ommalashtirish, kelgusidagi rejalar xususida fikr almashish, yoshlarni o‘zi qiziqqan mutaxassislik bo‘yicha malakali bilim olishi uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan xalqaro ko‘rgazma O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “EXPOCONTACT” ko‘rgazma va tadbirlarni tashkillashtirish korxonasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Tadbirda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari vakillari, o‘quvchilar va talabalar, abituriyentlar vaularning ota-onalari ishtirok etishi mumkin.
Xalqaro ko‘rgazmada milliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, o‘quv markazlari ko‘rgazmali stendlari bilan qatnashadi.