Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Yil talabasi — 2022” tanlovi e’lon qilindi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi:
– “Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi”;
– “Yilning eng faol targʻibotchi talabasi”;
– “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”;
– “Yilning eng faol sportchi talabasi”;
– “Yilning eng faol iqtidorli talabasi”;
– “Yilning eng faol ijodkor talabasi”;
– “Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun)”.

Ikki bosqichda o‘tkaziladigan tanlovning oliy ta’lim muassasasi bosqichida ishtirok etishni istaganlar hujjatlarini 12-oktabrdan 20-oktabrga qadar o‘zlari ta’lim olayotgan muassasaning yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullariga topshirishi lozim.

Ushbu bosqichda nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib va sovrindor bo‘lganlar oliy ta’lim muassasasining faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan mukofotlanadi.

Tanlovning respublika bosqichi joriy yilning noyabr oyida o‘tkaziladi hamda unda g‘olib va sovrindor bo‘lganlar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi diplomi, maxsus statuetka va  bazaviy hisoblash miqdorining 15 (1-o‘rin), 10 (2-o‘rin), 8 (3-o‘rin) barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

“Yil talabasi” tanlovi nizomi (https://telegra.ph/Oliy-talim-muassasalari-talabalari-ortasida-otkaziladigan-Yil-talabasi-10-10)