8-oktabr 10:00da TDYU 3-bino 221-xonada shu mavzuda davra suhbati tashkil etiladi.
TDYU Yuridik klinikasi tomonidan o‘tkazilayotgan davra suhbatida Yuridik klinikaga a’zo bo‘lish shartlari, amaliyot o‘tash tartibi va kurs oxirida beriladigan maxsus sertifikatga ega bo‘lish hamda uning imtiyozlari haqida ma’lumot beriladi.
Yuridik klinikaga keladigan talabalar bilan quyidagi mashg‘ulotlar o‘tkaziladi:
– fuqarolar qabulida bevosita ishtirok etish;
– haftada ikki marta sud qarorlari sharhi;
– ariza, da’vo arizalar yozish;
– haftada bitta qonun o‘qish va muhokama qilish;
– sayyor qabullarda fuqarolarga maslahatlar berish;
– amaliyot joyi (sud, prokuratura, notarius va boshqa tashkilotlar)ga tashrif buyurish;
– iqtisodiy ishlar bo‘yicha chuqur ko‘nikmalarga ega bo‘lish, jumladan, shartnomalar tuzish malakasini shakllantirish.
Ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etish orqali talabalar fuqarolarning muammolari bilan ishlashni o‘rganish va ularni hal etishda ko‘maklashish imkoniga ega bo‘ladi.